Iqtisodiyot fakulteti huzurida amaliy iqtisodiy tadqiqotlar markazi ish boshladi

450

Ushbu markazning bosh maqsadi iqtisodiy hamkorlik loyihalarini amalga oshirish va talabalarda kasbiy muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan amaliy bilim va ko‘nikmalarni yanada rivojlantirish asosida amaliy iqtisodiy tadqiqotlar sohasida yetakchi markazga aylantirishdan iborat.

Ochilish tadbirida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mansur Eshov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va soliq qo‘mitasi raisi Sharofiddin Nazarov, Toshkent tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Sardorbek Ergashev va boshqalar so‘zga chiqib, iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida mavjud muammolarni tizimli tahlil etish asosida mamlakatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdagi ahamiyati xususida so‘z yuritdilar.