«Robot-uz 2021» tanlovi

456

«ROBOT-UZ 2021» robototexnika sohasida Iqtidorli о‘quvchilar, talabalar, yosh pedagog va tadqiqotchilar, hamda korxonalarning yosh mutaxassislari uchun Respublika tanlovi  о‘tkazilishini e’lon qiladi.

Robototexnika, innovatsiya va axborot texnologiyalariga qiziquvchi, havoskorlik darajasida robototexnik ishlanmalar yaratish va sohani ommalashtirish bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli о‘quvchilar, talaba va yosh pedagoglar hamda korxonalarning yosh mutaxassislari tanlov ishtirokchilari bо‘lishi mumkin. Musobaqaning har bir yо‘nalishida uchta sovrinli о‘rinlar о‘ynaladi. I, II va III о‘rinlarni egallagan tanlov g‘oliblari pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Barcha ishtirokchilar va ularning rahbarlariga sertifikat va diplomlar beriladi.

«Robot-uz 2021» tanlovi doirasida quyidagi yо‘nalishlarda musobaqalar о‘tkaziladi:

– 9-15 yoshdagi о‘quvchilar orasida

– Robo Futbol

– Robo Sumo

– Kegelring

16-25 yoshdagi ishtirokchilar orasida

– Foydali ish bajaruvchi robotlar tanlovi;

– Mobil robotlar poygasi;

– Robo Futbol;

– Robo Sumo;

– Intellekt darajasini namoyish qilish.

Sovrinlar byudjeti 80 mln sо‘mni tashkil qiladi va homiylik tashkilotlarining qimmat baho sovg‘alari mavjud.

Ariza berish tartibi quyidagicha:

«Robot-uz 2020» tanlovida qatnashish uchun nomzodlar universitetning veb-sayti (www.tdtu.uz )da joylashtirilgan arizani (https://t.me/Informatika/2983) tо‘ldirib, 2021 yilning 5 aprel sanasiga kadar [email protected] elektron manziliga pdf shaklda yuborishlari lozim.

Manzil: Toshkent shaxri, Universitet kо‘chasi, 2a, “ToshdTU Yoshlar ittifoqi”, tel. (71) 227-19-47, (99) 813-33-97, +99899 780-25-99