Talabalar o‘zlarini qiynayotgan masalalarga yechim topdilar

302

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Kredit-modul tizimi asosida Ingliz tili guruhlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bugungi kunda universitetning birinchi bosqichi Ingliz tili guruhlarida o‘qiydigan talabalar soni 394 tani tashkil etib, ularga 30dan ortiq malakali professor-o‘qituvchilar dars berib kelmoqda. Mazkur professor-o‘qituvchilarning aksariyati dunyoning xalqaro e’tirof etilgan reytinglarida kuchli 1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot shaklida o‘tib, mavjud muammolar keng muhokama qilindi. Ularni hal yetish bo‘yicha yechimlar va takliflar bildirildi.