BO’LIM HAQIDA

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
ILMIY TADQIQOTLAR VA INNOVATSIYALAR BO‘LIMI

Bo‘limning 3 ta asosiy vazifasi mavjud:

  • universitetning ilmiy tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini muntazam nazorat qilish;
  • universitetda tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar qabul jarayonini tashkil etish, izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini muntazam nazorat qilib borish;
  • kafedralar tomonidan ilmiy seminarlar, xalqaro va respublika konferensiyalari va simpoziumlar kabi ilmiy tadbirlarni oʻtkazishga koʻmaklashish, ushbu tadbirlar yakunida hosil boʻlgan ilmiy tavsiyalarni keng jamoatchilikka ma’lum qilish.

Shu bilan birga, boʻlim ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • kafedralarning ilmiy tadqiqot jarayonlarini faollashtirish, ularning me’yoriy-uslubiy va axborot-resurs ta’minoti sifatini oshirish orqali ilmiy ishlanmalar koʻlamini kengaytirish va iqtisodiy samarasini mustahkamlashga koʻmaklashish;
  • kafedralarda vazirlik, qoʻmita, tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish oʻrtasidagi innovasion-korporativ hamkorlik doirasida olib borilayotgan ishlarni kengaytirish, ularni muvofiqlashtirish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari oʻrnatilishini tashkil etish, axborotlar almashib turilishini ta’minlash;
  • ilmiy nashrlar bazasini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni adabiyotlar, statistik ma’lumotlar bilan ta’minlashning barqaror tizimini shakllantirib borish;
  • universitet professor-oʻqituvchilarining shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy tadqiqot ishlari rejasi bajarilishini nazorat qilib borish va monitoringini yuritish;
  • xorijiy universitetlar, tadqiqot markazlari va institutlari bilan hamkorlikda xorijiy ilmiy tadqiqot, maslahat va oʻquv markazlari bilan ilmiy va amaliy aloqalarni oʻrnatish, rivojlantirish va mustahkamlash;
  • universitetning oʻquv va ilmiy faoliyatida tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlaridagi ilmiy yangiliklar joriy qilinishini ta’minlash, natijalardan foydalanilganligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalarni olishda koʻmaklashish;
  • eng yaxshi ilmiy tadqiqot ishlari uchun moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqish va joriy etish, maxsus mukofotlarni ta’sis etish;
  • izlanuvchilarning malakaviy hamda qoʻshimcha imtihonlarini tashkil etish;
  • universitetning ilmiy darajali professor-oʻqituvchilarga oid boshqa vazifalarni bajarish.

ОТДЕЛ НАУЧНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ И ИННОВАЦИЙ

Отдел имеет 3 основные функции:

– регулярный мониторинг разработки и выполнения плана научно-исследовательской работы вуза;

– организация процесса приема основных докторантов, докторантов и независимых исследователей в вуз, утверждение индивидуальных планов работы исследователей и регулярный контроль их выполнения;

– cодействие в проведении кафедрами научных мероприятий, таких как научные семинары, международные и национальные конференции и симпозиумы, информирование широкой общественности о научных рекомендациях, вытекающих из этих мероприятий.

При этом отдел выполняет следующие виды деятельности, исходя из следующих задач:

– содействие в расширении объема научных разработок и повышении их экономической эффективности за счет активизации исследовательских процессов кафедр, повышения качества их нормативно-методических и информационных ресурсов;

– расширение и координация работы, проводимой в ведомствах в рамках инновационно-корпоративного сотрудничества между министерствами, комитетами, организациями и промышленными предприятиями и наукой, образованием и промышленностью;

– организация сотрудничества с Министерством высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан и Министерством инновационного развития Республики Узбекистан и другими организациями, обеспечение обмена информацией;

– развитие базы данных научных публикаций, формирование устойчивой системы научных исследований с помощью литературы, статистических данных;

– контроль и мониторинг по выполнению плана научно-исследовательской работы, изложенного в личном плане работы профессорско-преподавательского состава вуза;

– установление, развитие и укрепление научных и практических связей с зарубежными исследовательскими, консультационными и обучающими центрами в сотрудничестве с зарубежными университетами, исследовательскими центрами и институтами;

– обеспечение внедрения научной новизны в диссертациях исследователей в учебно-исследовательскую деятельность вуза, содействие в получении свидетельств об использовании результатов;

– разработка и внедрение системы морального и материального поощрения за лучшую научно-исследовательскую работу, учреждение специальных наград;

– организация квалификационных и дополнительных экзаменов исследователей;

– выполнение других обязанностей, касающихся профессоров-преподавателей вуза.