Izlanuvchilar bilan ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan uchrashuv

319

Bugun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida faoliyat olib borayotgan ilmiy kengashlar shaffofligini komplayens nazorati asosida o‘rganish, izlanuvchilarning dissertatsiya himoyasi jarayonida korrupsion holatlarga qarshi kurashish orqali ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga qaratilgan uchrashuv bo’lib o’tdi. 

Rektor, prorektorlar, ilmiy kengash raislari, ilmiy seminar raislari, ilmiy kotiblari va kengash a’zolari, kafedra mudirlari hamda tayanch doktorant, doktorant, stajer-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar bilan bo’lib o’tgan suhbatda izlanuvchilarning yakka tartibdagi ish rejasining bajarilishi, ilmiy-uslubiy seminarlar grafigi, ilmiy natijalarni chop etishga ko’maklashish, hususan monografiyalarni ko’paytirish, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish kabi mavzular ko’tarilib, izlanuvchilarni qiynayotgan barcha savollarga universitet rahbariyati tomonidan javob berildi va kelgusi rejalar o’rtoqlashildi. 

Suhbat so’nggida ilmiy kengashlar shaffofligini komplayens nazorati asosida o‘rganish, izlanuvchilarning dissertatsiya himoyasi jarayonida korrupsion holatlarga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan anonim savolnoma izlanuvchilardan yi’gib olindi.