Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2027 – yil uchun tayanch doktoranruta(PhD), doktorantura(DSc) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi
| T/r | Ixtisoslik shifri va nomi | DSc | PhD | Stajyor |
| 1 | 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi | 0 | 4 | 0 |
| 2 | 08.00.02 – Makroiqtisodiyot | 1 | 3 | 0 |
| 3 | 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti | 0 | 3 | 0 |
| 4 | 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti | 0 | 2 | 0 |
| 5 | 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti | 0 | 1 | 0 |
| 6 | 08.00.06 – Ekonometrika va statistika | 0 | 4 | 0 |
| 7 | 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit | 2 | 7 | 0 |
| 8 | 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit | 2 | 7 | 0 |
| 9 | 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti | 1 | 4 | 0 |
| 10 | 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti | 0 | 4 | 0 |
| 11 | 08.00.11 – Marketing | 1 | 4 | 0 |
| 12 | 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot | 1 | 4 | 0 |
| 13 | 08.00.13 – Menejment | 1 | 4 | 0 |
| 14 | 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari | 1 | 3 | 0 |
| 15 | 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti | 1 | 4 | 0 |
| 16 | 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya | 1 | 5 | 0 |
| 17 | 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati | 1 | 4 | 0 |
| 18 | 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa | 0 | 4 | 0 |
| 19 | 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi | 0 | 2 | 0 |
| 20 | 13.00.07 – Ta’limda menejment | 0 | 2 | 0 |
| 21 | 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va komputer tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti | 0 | 5 | 0 |
| 22 | 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt | 0 | 5 | 0 |
| 23 | 05.01.13 – Axborotni qayta ishlashning kvant usullari (texnika fanlari) | 0 | 5 | 0 |
| Jami | 13 | 90 | 0 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarorga muvofiq tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilikka quyidagi hujjatlar topshirilishi so‘raladi.
Ustuvor bo‘lmagan ixtisosliklar uchun tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar uchun: qisqacha biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun agar yagona elektron tizimda integratsiya bo‘lmagan bo‘lsa), oliy ta’lim muassasasi magistratura va bakalavr diplomlari va uning ilovalari, nashr etilgan ilmiy ishlar va ularning havolalari (tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgorlarda tanlangan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis) hamda ularning nusxalari, xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat.
Ustuvor ixtisosliklar uchun tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar uchun: qisqacha biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun agar yagona elektron tizimda integratsiya bo‘lmagan bo‘lsa), oliy ta’lim muassasasi magistratura va bakalavr diplomlari va uning ilovalari, nashr etilgan ilmiy ishlar va ularning havolalari (tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgorlarda tanlangan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis) va ularning nusxalari, xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat, tayyorlangan loyiha taqdimoti .
Doktoranturaga (DSc) talabgorlar uchun: qisqacha biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun agar yagona elektron tizimda integratsiya bo‘lmagan bo‘lsa), oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi, nashr etilgan ilmiy ishlar va ularning havolalari (dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 3 ta ilmiy maqola hamda 2 ta tezis) hamda ularning nusxalari, tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (asosnoma), xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat.
Stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar qisqacha biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi va uning ilovalari, nashr etilgan ilmiy ishlar va ularning havolalari (tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgorlarda tanlangan dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis) va ularning nusxalari, dissertatsiya rejasining mufassal loyihasi (asosnoma) ni topshiradilar.
Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz// yagona elektron tizimi orqali yuboriladi va asl nusxalari yig‘ma jild shaklida universitetning Doktorantura bo‘limida qabul qilinadi.
Hujjatlar 2026 yil 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.
IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA KIRISH IMTIHON DASTURLARI HAMDA USTUVOR IXTISOSLIKLAR UCHUN ILMIY TADQIQOT ISHIGA QO’YILGAN TALABLAR.
📎 Kirish imtihon dasturlari va talablarni ko‘rish
Tel.: 71-239-01-43, Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy, Madaniyat saroyi, 2-qavat. doctorant.tsue.uz
“Xalq so‘zi” gazetasidagi e’lon: № 219 24.10.2025
daraja.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali hujjat topshirish bo‘yicha qo‘llanma
IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA KIRISH IMTIHON DASTURLARI
| T/r | Ixtisoslik shifri va nomi | Dastur |
| 1 | 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi | Ko'rish |
| 2 | 08.00.02 – Makroiqtisodiyot | Ko'rish |
| 3 | 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti | Ko'rish |
| 4 | 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti | Ko'rish |
| 5 | 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti | Ko'rish |
| 6 | 08.00.06 – Ekonometrika va statistika | Ko'rish |
| 7 | 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit | Ko'rish |
| 8 | 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit | Ko'rish |
| 9 | 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti | Ko'rish |
| 10 | 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti | Ko'rish |
| 11 | 08.00.11 – Marketing | Ko'rish |
| 12 | 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot | Ko'rish |
| 13 | 08.00.13 – Menejment | Ko'rish |
| 14 | 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari | Ko'rish |
| 15 | 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti | Ko'rish |
| 16 | 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya | Ko'rish |
| 17 | 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati | Ko'rish |
| 18 | 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa | Ko'rish |
| 19 | 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi | Ko'rish |
| 20 | 13.00.07 – Ta’limda menejment | Ko'rish |
| 21 | 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va komputer tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti | Ko'rish |
| 22 | 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt | Ko'rish |
| 23 | 05.01.13 – Axborotni qayta ishlashning kvant usullari (texnika fanlari) | Ko'rish |
