Ushbu uchrashuvda barcha kafedralarga biriktirilgan tayanch doktorant, doktorant, stajer-tadqiqotchi va izlanuvchilarning yakka tartibdagi ish rejasining yarim yillikda bajarilish holati o’rganildi.

O’rganish davomida tadqiqotchilar duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari izlanuvchilar, ularning kafedra mudirlari va ilmiy rahbarlari bilan yuzma-yuz shaklda muhokama etildi.

Ilmiy faoliyati rejadan oldinda bo’lgan izlnanuvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.