Izlanuvchilar va talabalar uchun mo’ljallangan “Loyihalarni boshqarish va innovatsion menejment” o’quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.

207

O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-martdagi 4/19-307/31-sonli xati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tajribali professor, London Iqtisodiyot Maktabi, Iqtisodiyot va moliya xalqaro maktabi (ISEF) qo’shma dasturi dekani Christian Capone bilan “Loyihalarni boshqarish va innovatsion menejment” nomli 24 soatga mo’ljallangan o’quv kursi yakunlandi va tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Kurs davomida tinglovchilar innovatsion loyihalarni boshqarish, xalqaro tan olingan PMI PMP sertifikatlarni qo’lga kiritish bo’yicha bilimlarni oldilar.