Universitetga Turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi tomonidan xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘larni jalb etish maqsadida Germaniyadan turizm va mehmonxona biznesi sohasiga oid 90 ta nomdagi ingliz tilida chop etilgan o‘quv adabiyotlar keltirildi. Keltirilgan o‘quv adabiyotlar turizm va mehmonxona biznesiga oid yetuk xorijiy olimlar tomonidan zamonaviy xalqaro turizm bozorining rivojlanish tendensiyalarini, xorijiy davlatlarning turizm sohasidagi tajribalarini hisobga olgan holda yaratilgan.
Ushbu olib kelingan o‘quv adabiyotlarni sotib olish, O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Germaniya Federativ Respublikasi hukumati mablag‘lari hisobidan (GIZ) Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati orqali moliyalashtirilgan.








