Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Abduraxmanova raisligida kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va mas’ullar ishtirokida Universitet kafedralari tomonidan 2025/2026 o‘quv yilida kafedralar ilmiy salohiyatini 70 foizga yetkazish, xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari jalb etilishi holati, tayanch doktorant, doktorant va stajor tadqiqotchilarni yillik monitoring natijalari to‘g‘risida, kafedralar kesimida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish holati to‘g‘risida, Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish rejasi bajarilishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, 2026-yilda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tildi.
Ilmiy-uslubiy kengashda Universitet kafedralari tomonidan xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari jalb etilishi holatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yuqori natija qayd etgan kafedralar alohida qayd etilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan kafedralarga esa ogohlantirish berildi. 2025/2026 o‘quv yilida kafedralar ilmiy salohiyatini 70 foizga yetkazish bo’yicha salohiyati past kafedralarga alohida topshiriqlar berildi. Kengashda tayanch doktorant, doktorant va stajor tadqiqotchilarni yillik monitoring natijalariga ham to’xtalib o’tildi. Kafedralarda ilmiy-innovatsion faoliyatda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, tegishli ma’sullarga topshiriqlar berildi.








