2025-yil 29-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Kengashning 5-son majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga muvofiq, universitetda 2025 yilda olib borilgan ilmiy innovatsion faoliyat natijalari hamda 2026 yildagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G. Abduraxmanova ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyati natijalari, doktorantlar faoliyati monitoringi, 2025 yilda tashkil etilgan konferensiyalar va Scopus bazasidagi jurnallarda chop etilgan maqolalar, ilmiy kengashlarda amalga oshirilgan himoyalar, universitetni xalqaro reytinglarda ishtiroki, amalga oshirilayotgan loyihalar, xorijiy investitsiyalar, grant va ta’lim eksporti sohasidagi yutuqlar, iqtidorli talabalari tomonidan 2025 yilda erishilgan yutuqlar hamda startup loyihalar to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tdi.
Shuningdek, ilmiy innovatsion faoliyatda 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Majlis yakunida Universitetda 2025-yilda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar samaradorligi hamda tijoratlashtirish natijalarini baholash bo‘yicha nominatsiyalar g‘oliblari taqdirlandi.







