Bo‘limning asosiy vazifalari
Universitetning ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil etish, stajor-tadqiqotchilar, tayanch doktorant (PhD), doktorant (DSc) va mustaqil izlanuvchilar (PhD/DSc) faoliyatini tartibga solish va ularga ilmiy ishlar olib borishda ko‘maklashish, shuningdek izlanuvchilar maʼlumotlarini Yagona electron tizim (daraja.ilmiy.uz)ga kiritish hamda professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirishga tegishli shart-sharoitlar yaratib berish va ular faoliyatini nazorat qilib borish bilan shug‘ullanadi.
Bo‘limning funksional vazifalari
- universitetning ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
- universitet va uning tarkibiy bo‘linmalari hisoblangan fakultetlar va kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishni muvofiqlashtirish;
- universitetda ilmiy ishlarning holati va salohiyati, uning rivojlanishi yo‘nalishlarini tavsiflovchi ma‘lumotlar monitoringini tashkil qilish;
- ilmiy seminarlar, konferensiya va simpoziumlar o‘tkazish rejalarini tuzish va ularning bajarilishini ta‘minlash;
- ilmiy xodimlarning ilmiy hamda o‘quv-uslubiy imkoniyatlardan to‘la va samarali foydalanish maqsadida ularga zarur bo‘lgan iqtisodiy, ijtimoiy va texnik shart-sharoitlarni yaratish;
- ilmiy nashrlar bazasini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni adabiyotlar, statistik ma‘lumotlar bilan ta‘minlashning barqaror tizimini shakllantirib borish;
- tayanch doktorantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va boshqa nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlashni muvofiqlashtirish;
- universitet professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejasida belgilangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini bajarilishini nazorat qilib borish va monitoringini yuritish;
- universitetda tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilar qabulini tashkil etish, xujjatlar qabulini olib borish, qabul imtihonlarini o‘tkazilishini tashkil etish;
- tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy ish rejalarini tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilib borish;
- universitetning o‘quv va ilmiy faoliyatida tadqiqotchilarning dissertatsiya ishlaridagi ilmiy yangiliklarini joriy qilinishini ta‘minlash, natijalardan foydalanilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalarni tayyorlash;
- universitetning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga oid boshqa vazifalarni bajarish.
- fakultet va kafedralarda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib ilmiy tadqiqot ishlarini samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqot natijalari statistikasini yuritish;
- universitet fakultetlari va kafedralarida ilmiy seminarlar, konferensiya va simpoziumlar o‘tkazish rejalarini tuzish va ularning bajarilishini ta‘minlash;
Bo‘limning huquqlari va majburiyatlari
- universitet Kengashida ko‘rib chiqiladigan hamda universitet va boshqa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma‘lumotlarni universitetning fakultetlari, kafedralari, boshqa tarkibiy bo‘linmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
- universitet tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlari, kafedralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, boshqa organlar va tashkilot vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
- ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash faoliyatiga oid hamda universitet bilan boshqa ilmiy tadqiqot muassasalari va xo‘jalik subyektlarining o‘zaro hamkorligiga oid masalalar bo‘yicha universitet Kengashi, rektor o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, shuningdek, universitet fakultetlari, kafedralari, tarkibiy bo‘linmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, mahalliy davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yig‘ilishlarida ishtirok etish;
- ijrochilar, fakultet va kafedralardan ilmiy-tadqiqot ishlari haqidagi hisobotlarni, ularning bajarilishi va ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligi haqidagi hisobotlarni talab qilish;
- bo‘lim universitet Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishga mas‘ul hisoblanadi.
- bo‘lim faoliyatiga oid masalalar yuzasidan va kafedralarda tekshiruvlar olib boradi.
ilmiy tadqiqot masalalari muhokamasi bo‘yicha fakultet ilmiy kengashlari va kafedra majlislarida ishtirok etadi.
