Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2026 – yil uchun tayanch doktoranruta(PhD), doktorantura(DSc) va stajyor-tadqiqotchilikka qabul e’lon qiladi
| Ixtisoslik shifri va nomi | DSc | PhD | Stajyor |
| 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi | 5 | ||
| 08.00.02 – Makroiqtisodiyot | 1 | 4 | |
| 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti | 1 | 6 | |
| 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti | 2 | ||
| 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti | 2 | ||
| 08.00.06 – Ekonometrika va statistika | 1 | 5 | |
| 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit | 1 | 15 | 1 |
| 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit | 1 | 10 | |
| 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti | 1 | 2 | |
| 08.00.11 – Marketing | 1 | 4 | |
| 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot | 3 | ||
| 08.00.13 – Menejment | 1 | 6 | 1 |
| 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari | 3 | ||
| 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti | 1 | 4 | 1 |
| 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya | 3 | ||
| 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati | 1 | 4 | 1 |
| 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa | 4 | ||
| 13.00.02 – Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi | 1 | ||
| 13.00.07 – Ta’limda menejment | 2 | ||
| 05.01.11 – Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt | 5 | ||
| 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va komputer tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti | 5 | ||
| Jami | 10 | 95 | 4 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarorga muvofiq tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor-tadqiqotchilikka quyidagi hujjatlar topshirilishi so‘raladi.
Tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar uchun: ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy ta’lim muassasasi magistratura va bakalavr diplomlari va uning ilovalari, nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (tayanch doktoranturaga kirish uchun talabgorlarda tanlangan dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda kamida 1 ta ilmiy maqola va 2 tezis) va ularning nusxalari, dissertasiya rejasining mufassal loyihasi (asosnoma), B2 darajasidagi xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat.
Doktoranturaga (DSc) talabgorlar uchun: ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi, nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida 3 ta ilmiy maqola hamda 2 ta tezis), tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi (asosnoma), B2 darajasidagi xorijiy tilni bilishni tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat.
Stajyor-tadqiqotchilikka talabgorlar ariza, qisqacha biografik ma’lumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi va uning ilovalari, nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari, dissertasiya rejasining mufassal loyihasi (asosnoma) ni topshiradilar.
Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz// yagona elektron tizimi orqali yuboriladi va asl nusxalari yig‘ma jild shaklida universitetning Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida qabul qilib olinishi mumkin.
Hujjatlar 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.
Tel.: 71-239-01-43, Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy, Madaniyat saroyi, 2-qavat. doctorant.tsue.uz
“Xalq so‘zi” gazetasidagi e’lon: № 219 24.10.2025
daraja.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali hujjat topshirish bo‘yicha qo‘llanma
IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA KIRISH IMTIHON DASTURLARI QUYIDAGI HAVOLADA
