Mamlakatning innovatsion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan kreativ fikrlaydigan yoshlar, iste’dodli professor-о‘qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va mutaxassislar diqqatiga!
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida yurtimizda 2021 yilni “Yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb e’lon qilindi.
Murojaatnomada Prezidentimiz tomonidan iqtidorli va istiqbolli yoshlar uchun benihoya ulkan imkoniyat, ya’ni 2021 yildan boshlab “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali ilk bor bakalavr dasturiga stipendiyalar ajratilishi, shuningdek, magistratura va doktorantura dasturlari orqali eng nufuzli xorijiy davlatlarda tahsil olish uchun stipendiyalar miqdorini 5 barobarga oshirish taklifi ilgari surildi.
Shu bois, “El-yurt umidi” jamg‘armasi О‘zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlash-tirish, sun’iy intellekt sohalarida atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa yо‘nalishlarida sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, telemeditsina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya va boshqa sohalarda elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlarida mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, tо‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yо‘nalishlarida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlarida, shuningdek respublikamizdagi boshqa ustuvor sohalar va mutaxassisliklar kesimida 350 о‘ringa mо‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qiladi!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2021-2022 о‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.
Agar siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat ilm-faniga innovatsion g‘oyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni о‘z oldiga maqsad qilib qо‘ygan bо‘lsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!
Nomzodlarning hujjatlari 2021 yil 1 apreldan – 1 mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2021 yil 1 maydan – 20 mayga qadar davom etadi.
Saralash tanloviga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.
AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta’lim va tadqiqot, innovatsiya va amaliyot maskanlarida ta’lim olish imkoniyatini qо‘ldan boy bermang!!!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bо‘lgan siz yoshlarni kutib qoladi!!!
