UNIVERSITET HAQIDA

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tarkibidagi Oʻzbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyodagi eng yirik iqtisodiy universitetlardan biri.

Universitet iqtisodiyotmoliya va soliq sohalari uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik taʼminot boʻyicha oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Universitet tarkibiga 14 ta fakultet, kafedra, ilmiy-tadqiqot markazlari, litsey, texnikumlar kiradi[2].

Tarixi


1918-yilda Turkiston xalq universitetida savdo sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar tashkil etildi[3]. 1924-yil Turkiston universiteti qoshida savdo sohasi mutaxassislari uchun qisqa muddatli kurslar negizida ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti tashkil etildi. 1925-yil Turkiston universitetining ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti Ijtimoiy fanlar fakultetiga aylantirilib, uning negizida mahalliy iqtisodiyot va huquq fakulteti tashkil etildi. 1931-yilda Toshkentda rejalashtirish institutini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi, keyinchalik u Oʻrta Osiyo davlat savdo va kooperatsiya instituti bilan birlashtirilib, Oʻzbekiston xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan mashhur boʻldi. 1931-yil 13-avgustda Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti sifatida tashkil etilgan, keyinchalik Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga aylantirilga. 1946-yil Ikkinchi jahon urushi yillarida Olmaotaga evakuatsiya qilingan Leningrad Hisob-iqtisod instituti Toshkent moliya-iqtisodiyot institutiga qoʻshildi. Ikkita yangi fakultet ochildi: kredit-iqtisod va buxgalteriya hisobi-iqtisod. 1947-yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston respublikalarida sanoat va qishloq xoʻjaligi uchun mutaxassislar tayyorlashni boshlagan rejalashtirish-iqtisod fakulteti tashkil etildi. 1948-yilda kechki fakultet tashkil etilib, iqtisodchilarni maxsus ish joyida tayyorlay boshladi. 1955-yilda sirtqi fakultet tashkil etildi, keyinchalik u umumiy iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi va moliya mutaxassisliklariga boʻlingan. 1962-yilda Toshkent moliya-iqtisodiyot instituti Toshkent xalq xoʻjaligi instituti deb oʻzgartirildi. Bu institut 1962—1991-yillarda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi bilan faoliyat koʻrsatdi. 1967-yilda tayyorgarlik kurslari, 1970-yilda esa tayyorgarlik boʻlimi tashkil etildi. 1968-yilda Iqtisodiy kibernetika fakulteti tashkil etildi. Matematik fanlar ulushini oshirish hisobiga iqtisodchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv dasturlari mustahkamlandi. 1970-yilda Savdo-iqtisod fakulteti tashkil etildi. Biznes yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlari amaliy biznes fanlarini qamrab olish uchun kengaytirildi va mustahkamlandi. Iqtisodiyot va biznes uchun institut tomonidan tayyorlanayotgan kadrlar assortimenti sezilarli darajada oshdi. 1973-yilda Toshkent toʻqimachilik kombinatida kechki fakultet tarkibida filial tashkil etildi. Biroz vaqt oʻtgach, Samarqand va Qarshi oʻquv-maslahat markazlari, Andijon va Qoʻqon filiallari, umumiy iqtisodiy sirtqi fakultetning yangi boʻlimlari ochildi. 1981-yilda Savdo-iqtisod fakultetidan ajralib chiqqan mehnat va taʼminot iqtisodiyoti fakulteti tashkil etildi. 1991-yil 19-iyundan iqtisodiyot universiteti. Universitetda Iqtisodiyot, Buxgalteriya hisobi va audit, Korporativ boshqaruv, Iqtisodiyotda axborot tizimlari va Xalqaro turizm fakultetlari, Magistratura va Sirtqi boʻlimi, 24 ta kafedra bor. Universitetda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi, Axborot-resurs markazi, Axborot texnologiyalari markazi, universitet tarixi muzeyi faoliyat olib boradi. 1993-yilda Samarqand shahrida universitet filiali tashkil etildi[4]. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 07.02.2024 sanadagi qaroriga koʻra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qayta tashkil etildi[5]. Bunda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tarkibiga Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut qoʻshildi[6].

Umumiy maʼlumotlar


  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari soni – 200dan ortiq
  • Xalqaro hamkor oliy taʼlim muassasalari joylashgan davlatlar soni – 70
  • Ilmiy tadqiqotchilar jami – 1 938 nafar
    • Tayanch doktorantlar – 305 nafar
    • Doktorantlar – 25 nafar
    • Mustaqil izlanuvchilar DSc – 301 nafar
    • Mustaqil izlanuvchilar PhD – 1 303 nafar
    • Stajyor tadqiqotchilar – 4 nafar
  • Axborot-resurs markazi fondi – 601 194 ta, shundan elektron resurslar soni 7747 ta
  • Ishga joylashish koʻrsatkichi – 95 foiz
  • Markazda jami 7 shtat birligida xodimlar faoliyat yuritadi. Markazda „Umid“ jamgʻarmasi hisobidan xorijiy mamlakatlarning nufuzli OTMda tahsil olib kelgan hamda AQSHlarining Vebster universiteti bitiruvchilari Bosh mutaxassis (3 nafar) lavozimida mehnat faoliyatini olib boradi.

Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar


Ilmiy-tadqiqot faoliyati

a) Xalqaro, mahalliy axborot va maʼlumotlar bazasi bilan ishlash boʻyicha:

2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 45 ta ilmiy maqola chop etildi (yillik rejaga nisbatan 90%). Ilmiy maqola chop etish salmogʻi 8 ta professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola, 4 ta ilmiy darajali professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola chop etilishi toʻgʻri kelgan. Hozirgacha Scopus bazasidagi ilmiy jurnallarda universitetning 88 ta mualliflari tomonidan 74 ta ilmiy maqola 60 ta ilmiy jurnalda chop etilgan. Universitet professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlarining Scopus maʼlumotlar bazasidan pandemiya sharoitida universitet hududidan tashqarida masofadan turib foydalana olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Elsevier kompaniyasining SciVal onlayn platformasini boshqa OTMlar bilan birgalikda konsorsium orqali (TDIU, TDIU Samarqand filiali, TMI, Samarqand davlat tibbayoyot instituti) chegirma bilan xarid qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Chet el davriy nashrlariga (jurnal, gazeta) aʼzolikni taʼminlash, professor-oʻqituvchilar uchun akademik ingliz tilini oʻqitish kurslarini tashkil qilish, bakalavrning birinchi bosqichidan ingliz tilida yozma bayon qilish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida insho, esse, xatlar tayyorlash koʻnikmalarini shakllantirish, ilmiy tadqiqot metodologiyasi yoritib berilgan adabiyotlardan keng foydalanish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, professor oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning chet tilida, jumladan, ingliz tilida chop etilayotgan ilmiy materiallar bilan muntazam tanishtirib borish maqsalila Springer, Grebennikov va boshqa kompaniyalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarning yozma akademik ingliz tili koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida Germaniyadagi Leybnis qishloq xoʻjaligini rivojlantirish instituti bilan ekonomika/stata fanlari va akademik ingliz tillari boʻyicha on-layn kurslar tashkil qilingan.

AQSHning nufuzli oliygohlaridan biri Vayyoming universiteti professori bilan „Tadqiqot metodologiyasi“ mavzusida sertifikat onlayn kurs tashkil qilingan.

Nashr qilinadigan konferensiya toʻplamlar, ilmiy maqolalar, monografiyalarni plagiatga tekshirish maqsadida antiplagiat.ru saytiga kirish imkoniyati yaratildi va kelgusi yil uchun obuna xarib qilish ishlari olib borilmoqda.

2019-yilda Scopus bazasiga kiruvchi xorijiy ilmiy jurnalda 28 ta ilmiy maqola chop etildi. Ilmiy maqola chop etish salmogʻi 14 ta professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola, 6 ta ilmiy darajali professor-oʻqituvchiga 1 ta maqola chop etilishi toʻgʻri kelgan. 2018 va 2017-yillarda Scopus hamda ScienceDirect maʼlumotlar bazasi tarkibiga kirgan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda jami 5 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.

b) Chop etilgan tezis va ilmiy maqolalar boʻyicha

2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra universitetda 12 ta respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalar, 2 ta hamkorlikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 1 ta xalqaro talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi, 1 ta universitet miqyosidagi talabalar konferensiyasi masofadan turib on-layn koʻrinishda Zoom dasturida oʻtkazildi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, barcha xalqaro konferensiyalar on-layn platformalarda oʻtkazildi. 2020-yil sentabr holatiga professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan ishlanmalar uchun 2 ta patent va 17 ta mualliflik guvohnomalarini olgan.

2019-yilda 56 ta darslik, 168 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta oʻquv uslubiy qoʻllanma, 35 ta monografiya, 2 ta xalqaro ilmiy amaliy-anjuman maqolalari toʻplami, 9 ta respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari, 2 ta universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻplamlari nashr etildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 251 ta, shu jumladan, respublika ilmiy jurnallarida esa 387 ta ilmiy maqolalar nashr qilindi. Bundan tashqari, 703 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi. Shundan, 124 tasi xalqaro konferensiyalarda, 346 tasi respublika anjumanlarida hamda 223 tasi OTMda oʻtkazilgan turli mavzulardagi konferensiya materiallarida chop etilgan.

2018-yil davomida professor-oʻqituvchilar tomonidan 11 ta darslik, 38 ta oʻquv qoʻllanma, 18 ta oʻquv uslubiy koʻllanma, 27 ta monografiya, 353 ta respublika ilmiy jurnallarida 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilindi. Shuningdek, 2 ta vazirlik miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari, 3 ta universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻlamlari nashr etildi, bundan tashqari 2 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalari toʻplami, 7 ta respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiya maqola va tezislar toʻplamlari, 715 ta ilmiy-amaliy konferensiyalarda tezislar chop etildi.

2017-yilda universitet professor-oʻqituvchilar tomonidan jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi boʻyicha jami 898,24 mln. soʻmlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. soʻmlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.soʻmlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.soʻmlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. Hisobot davrida chop etilgan 13 ta darslik, 40 ta oʻquv qoʻllanma, 17 ta monografiya, 148 ta xorijiy va 243 ta respublika miqyosidagi jurnallardagi ilmiy maqolalar, 852 ta respublika va universitet ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamida, 197 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamidagi tezislar universitet professor-oʻqituvchilarining samarali mehnat qilganini koʻrsatmoqda.

s) Kafedralarda soʻnggi 2 yilda bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy-tadqiqot ishlari salmogʻi

2019-yil yakuniga koʻra universitetda 397 nafar professor-oʻqituvchi asosiy shtatda ishlagan. Ulardan 38 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 113 nafari fan nomzodi hamda 19 nafar falsafa doktori (PhD)dir. Mazkur yilda 387 ta OAK roʻyxatidagi respublika va 251 xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 703 ta xorijda va respublikada oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlar toʻplamida tezislar, 35 ta monografiyani hisobga olib, bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmogʻi 3,5 tani tashkil qilgan (yillik oʻsish 25%). Shu bilan birga, 7 ta oʻqituvchiga 1 ta darslik, 2 ta oʻqituvchiga 1 ta oʻquv qoʻllanma chop etilishi toʻgʻri kelgan. 2018-yil yakuniga koʻra universitetda 423 nafar professor-oʻqituvchi asosiy shtatda faoliyat yuritgan. Ulardan 44 nafari fan doktori, shundan 5 tasi akademik va 134 nafari fan nomzodlaridir. Hisobot yilida 353 OAK roʻyxatidagi respublika va 125 ta xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar, 715 ta xorij va respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy amaliy anjumanlaridagi tezislar, 27 ta monografiyalarni hisobga olib, bir nafar professor-oʻqituvchiga toʻgʻri keluvchi ilmiy tadqiqot ishlari salmogʻi 2,8 tani tashkil qilgan. Shu bilan birga,33 oʻqituvchiga 1 ta darslik, 11 ta oʻqituvchiga 1 ta oʻquv qoʻllanma chop etilishi toʻgʻri kelgan.

d) Professor-oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish mexanizmlari boʻyicha. Universitetda 2020-yil oktabr oyi holatiga koʻra 325 nafar professor-oʻqituvchi, shu jumladan 154 nafari ilmiy darajali professor-oʻqituvchilar (47,4%). ilmiy darajali professor-oʻqituvchilarning 42 nafari fan doktori/DSc (12,9%), 112 nafari fan nomzodi/PhD (34,5%) faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi „Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida“gi 1030-sonli qarori ijrosi taʼminlash, professor-oʻqituvchilarni faol ilmiy izlanishlar olib borishga qiziqtirish maqsadida har oylik qoʻshimcha haq toʻlash 35 nafar fan nomzodi (PhD) ga 23.5% va 32 nafar fan doktori (DSc) ga 89% qoʻshimcha haq toʻlash belgilandi. Bir martalik qoʻshimcha haq toʻlash uchun esa 14 fan doktori (DSc) ga 39% va 3 nafar fan nomzodi (PhD) ga 2% qoʻshimcha haq toʻlash belgilandi.

Universitetda fan-taʼlim-ishlab chiqarish integratsiyasi

a) Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari tijoratlashtirilganligi (grant va DITD loyihalar)

2020-yilda universitetda jami 11 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 2492,95 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 3 ta jami 517,51 mln.soʻmlik fundamental, 8 ta 1975,43 mln.soʻmlik amaliy olib borilmoqda. Shu bilan birga, 1 ta 400,00 mln.soʻmlik amaliy yangi loyiha oʻzlashtirilgan.

Universitetda 2020-2021-yillarda umumiy qiymati 182.000 AQSH dollariga teng 8 ta grant amalga oshirilishi koʻzda tutilgan:

  1. 1. Fulbrayt granti. AQSHning Feyrfild Universiteti taʼlim dasturi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Biznes analitika ixtisosligi boʻyicha magistratura ochish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Ushbu loyiha AQSHning Feyrild universitet professor-oʻqituvchilarini(koordinator dr. Yasin Uzchelik) jalb etgan holda Fulbrayt granti asosida umumiy qiymati 25.000 AQSH dollariga teng mablagʻ ajratilishi belgilangan. Loyihani 2021-yil may oyida amalga oshirish moʻljallangan.
  2. 2. AQSHning YUNISEN(American Councils UniCEN grant) grant dasturi doirasida AQSHning Feyrfild universiteti (Fairfield University) bilan hamkorlikda TDIU „Tadqiqot va oʻqitish liderlik markazi“ni yaratishga qaratilgan loyiha amalga oshiriladi. Markaz Feyrfild universiteti modeli asosida amalga oshiriladi. Loyiha qiymati 40.000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Loyiha koordinatori Prof. Kati Nantz.
  3. 3. Fulbrayt Skolar granti dasturi doirasida 2021-2022-yillarga moʻljallangan hamkorlik loyihasi, bunda amerikalik professor Lusiana Leyuning 10 oylik tashrifi doirasida Ingliz tilini oʻqitish dasturlari yangilash, innovatsion va yangi oʻqitish metodlarini joriy etish koʻzda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 25.000 AQSH dollari.
  4. 4. AQSHlik mashhur trener Bob Dorf bilan „Startap“ hamkorlik loyihasi. Tadbirkorlik va biznes fanlarini oʻqitishda jahonda mashhur Bob Dorfning „Startaplar uchun qoʻllanma“ nomli kitobini oʻzbek tiliga tarjima qilish va oʻquv jarayonida foydalanish boʻyicha kelishuvga erishilgan. Bob Dorf ushbu loyiha doirasida TDIU oʻqituvchilariga treninglar oʻtishi va talabalarga master klasslar oʻtishi moʻljallangan. Loyiha qiymati 12.000 AQSH dollari atrofida baholangan boʻlib, Savdo-sanoat palatasi hamda AsaxiyBuks kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.
  5. 5. Feyrfild professorlari uchun TDIUda bir oylik dars berish uchun 4 ta kishiga moʻljallangan grant ajratish kelishildi (turar joy va qadimiy shaharlarga sayohat xarajatlari TDIU tomonidan amalga oshiriladi). Feyrfild universiteti professorlarini 1 oylik TDIUga oʻqitish uchun qoʻshma grant kelishilgan.
  6. 6. Horizon 2020 loyihasi, H2020-MSCA-RISE-2020 – CCARSI, mintaqadagi ijtimoiy innovatsiyalar (innovatsiyalar sababli vujudga keluvchi ekologik oʻzgarishlarga ijtimoiy javoblar) (social innovation (societal responses to innovation, which includes societal responses to environmental change that is caused by innovation) in the region). Hamkorlar Dublin Universiteti va Yevropa tadqiqot institutlari.
  7. 7. Polshaning Lodz Universiti bilan (University of Lodz (UL)) hamkorlikda TDIUda 4 ta kursni oʻqitishga qaratilgan 2 yillik loyiha. Unda Lodz Universitetining 4 ta nafar professor-oʻqituvchi 2020-2021-yillarda on-layn darslar olib boradi. 2021-2022-yillar davomida esa har bir professor 1 semester davomida TDIUga tashrif buyurib, darslar olib borishi koʻzda tutilgan. Hamkorlik loyihasi uchun 30.000 AQSH dollari hisobida grant ajratilish koʻzda tutilgan. Loyiha 2020-yil sentabr oyida boshlanadi.
  8. 8. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ReKAP loyihasi, TDIUda Ijtimoiy tadqiqotlar markazi yaratishga qaratilgan loyiha boʻlib, TDIU uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari 50.000 AQSH dollarini tashkil etadi. Koordinator Estoniyaning Tartu Universiteti. Loyiha 2021-yil yanvar oyida boshlanishi belgilangan.

Universitet boʻyicha 2020-yil uchun xoʻjalik va pullik xizmat shartnomalarining yillik rejasi jami 573,9 mln. soʻm qilib belgilangan. Hozirgi kunga qadar mavjud 9 ta mutaxassislik kafedralari boʻyicha 203,3 mln. soʻmlik jami 32 ta pullik va xoʻjalik shartnomalari imzolashga erishildi (rejaga nisbatan 35%). Ushbu shartnomalari boʻyicha 87,3 mln. soʻmlik pul mablagʻlari universitet hisob raqamiga kelib tushdi. 2019-yilda universitetda jami 14 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 1653,1 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilgan. Jumladan, 4 ta jami 392,24 mln.soʻmlik fundamental, 9 ta 1194,05 mln.soʻmlik amaliy, 1 ta 66,8 mln. soʻmlik yoshlar amaliy loyihalar boʻyicha ishlar bajarilgan. 2019-yil uchun xoʻjalik va pullik shartnomalar yillik rejasi jami 291,6 mln. soʻm qilib belgilangan. 2019-yil yakuni boʻyicha xoʻjalik shartnomalari asosida 361,46 mln. soʻmlik pul mablagʻlari universitet hisob raqamiga kelib tushgan (rejaga nisbatan 124%).

2018-yilda universitetda jami 19 ta mavzu doirasida davlat ilmiy texnik dasturi boʻyicha jami 1264,848 mln.soʻmlik loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, 4 ta jami 234,87 mln.soʻmlik fundamental, 14 ta 989,975 mln.soʻmlik amaliy, 1 ta 40 mln.soʻmlik yoshlar amaliy loyihalari olib borilgan. 2018-yilga xoʻjalik shartnomalarining yillik rejasi 225,6 mln. soʻm etib belgilangan boʻlsa, 2018-yil ohirida 340,546 mln. soʻmlik xoʻjalik shartnomasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi (rejaga nisbatan 151%).

Universitetda 2017-yilda jami 21 ta mavzu doirasida davlat fan-texnika dasturi boʻyicha jami 898,24 mln. soʻmlik loyiha ustida ish olib borilgan. Shundan, 4 ta jami 205 mln. soʻmlik fundamental, 14 ta 595,42, mln.soʻmlik amaliy, 2 ta 75,2 mln.soʻmlik innovatsion loyihalar tashkil etgan. 2017-yilda universitet boʻyicha jami yillik reja 182,2 mln. soʻm qilib belgilangan boʻlsa, ushbu shartnomalar boʻyicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida universitet hisob raqamiga 186,179 mln. soʻm mablagʻlar tushgan (rejaga nisbatan 102,2%).

b) Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligi, ilmiy tadqiqot ishlari natijalarining ishlab chiqarishga joriy etilganligi

2017-2019-yillarda universitetning tayanch doktorat, doktorant va mustaqil izlanuvchilari tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishining ilmiy yangiliklari boʻyicha 84 ta taklif va tavsiyalar yuborilgan boʻlib, ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha respublika vazirlik va idoralari, real sektor korxonalarigadan 70 ta dalolatnomalar olinda va ularda jami 124,5 ming AQSH dollari hamda 110,5 mlrd soʻmlik kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatilgan.

Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash boʻyicha 2017-2019-yillarda tayanch doktoranturani 45 nafar tayanch doktorant (PhD), 11 nafar doktorant (DSc), 105 nafar (PhD) mustaqil izlanuvchilari va 24 nafar (DSc) mustaqil izlanuvchi tamomlagan. Doktorantlarning himoya qilish koʻrsatkichi 55,4 foizni tashkil qilgandi.

2017-2019-yilldarda 101 nafar dissertatsiya ishini himoya qilgan izlanuvchilardan 57 nafari (56,4%) universitetda oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.