Home Blog

TDIUda Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olingan mablag‘larni taqsimlash tartibi

0

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida iqtisodiyot sohalariga xizmat ko’rsatilgan ilmiy ishlarning tijoratlashtirishidan olingan mablag‘larning 40% mualliflarga, 30% esa ilmiy jamoaga bir marotaba to’lanadi. Qolgan 30% esa soliqlar to’langandan keyin qo’shimcha rag’bat sifatida ajratiladi. Bu me’yorlar O’zbekiston Prezidentining 2018-yilgi PQ-3855-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

🏢Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida iqtisodiyot soha va tarmoqlari buyurtmalari asosida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar hamda ularning tijoratlashtirilishidan olingan mablag‘larni professor-o‘qituvchilar, mualliflar va ilmiy jamoaga to‘lash tartibi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan.

📌 Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

🔹 Qarorga asosan, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushadigan mablag‘larning:

40 foizi — mualliflarga,

30 foizi — ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish hamda tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga to‘lanishi belgilangan.

📄 Ushbu norma asosida Universitet rektori tomonidan 2025-yil 11-noyabrda tasdiqlangan “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari hamda ularni tijoratlashtirishda ishtirok etgan muallif va ilmiy jamoaga qo‘shimcha bir martalik mukofot to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq:

1-bosqich:

Tijoratlashtirishdan Universitet hisobiga kelib tushgan mablag‘lardan Innovatsion jamg‘armaga ajratiladigan 5 foizlik yig‘im, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng, qolgan summaning 70 foizi miqdorida (PQ–3855-son qarorining 5.2-bandiga muvofiq 40% + 30%) mualliflar va ilmiy jamoaga bir martalik mukofot sifatida to‘lanadi.

2-bosqich:

Qolgan 30 foiz mablag‘ oyning birinchi yarmida belgilangan yig‘imlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng, tijoratlashtirishda ishtirok etgan muallif va ilmiy jamoaga qo‘shimcha rag‘batlantirish sifatida qaytariladi.

📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida belgilangan mazkur mexanizm ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilarning innovatsion faolligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ularning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi🏢Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida iqtisodiyot soha va tarmoqlari buyurtmalari asosida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar hamda ularning tijoratlashtirilishidan olingan mablag‘larni professor-o‘qituvchilar, mualliflar va ilmiy jamoaga to‘lash tartibi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilangan.

📌 Mazkur tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi PQ-3855-son “Ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

🔹 Qarorga asosan, ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini tijoratlashtirishdan muassasa hisobiga kelib tushadigan mablag‘larning:

40 foizi — mualliflarga,

30 foizi — ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalarini ishlab chiqish hamda tijoratlashtirishda ishtirok etgan ilmiy jamoaga to‘lanishi belgilangan.

📄 Ushbu norma asosida Universitet rektori tomonidan 2025-yil 11-noyabrda tasdiqlangan “Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari hamda ularni tijoratlashtirishda ishtirok etgan muallif va ilmiy jamoaga qo‘shimcha bir martalik mukofot to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq:

1-bosqich:

Tijoratlashtirishdan Universitet hisobiga kelib tushgan mablag‘lardan Innovatsion jamg‘armaga ajratiladigan 5 foizlik yig‘im, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng, qolgan summaning 70 foizi miqdorida (PQ–3855-son qarorining 5.2-bandiga muvofiq 40% + 30%) mualliflar va ilmiy jamoaga bir martalik mukofot sifatida to‘lanadi.

2-bosqich:

Qolgan 30 foiz mablag‘ oyning birinchi yarmida belgilangan yig‘imlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan so‘ng, tijoratlashtirishda ishtirok etgan muallif va ilmiy jamoaga qo‘shimcha rag‘batlantirish sifatida qaytariladi.

📌 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida belgilangan mazkur mexanizm ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilarning innovatsion faolligini oshirish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish hamda ularning iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🚀 Open Data Challenge 2026 muvaffaqiyatli yakunlandi!

0

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida 2026-yil Open Data Challenge xakatoni Digital Finance va akseleratsiya markazi va IT Park hamkorligida yuqori saviyada o‘tkazildi.

Uch kun davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda:
• davlat boshqaruvi,
• biznes,
• korrupsiyaga qarshi kurash,
• ijtimoiy soha (aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish)
yo‘nalishlarida innovatsion va amaliy yechimlar ishlab chiqdilar.

🤝 Xakaton davomida jamoaviy ish, tahliliy fikrlash va texnologik yondashuvlar yaqqol namoyon bo‘ldi. Ishtirokchilar bilim va tajribalarini oshirish bilan birga, real muammolarga real yechimlar taklif qilishdi. Respublikamizning barcha hududlaridan 150 dan ortiq ishtirokchilar kelishdi. Dastlabki kunda 50ta jamoa qatnashdi va final bosqichida 23 ta jamoa kurashishdi.

🏆 G‘olib jamolar :
🥇 1-o‘rin — School 21
🥈 2-o‘rin — Dior X
🥉 3-o‘rin — Shakarop

Gʻolib jamoalar munosib ragʻbatlantirildi.

TDIU — 2025-yil doktorantlar ish rejasi monitoringi: Natijalar va chora-tadbirlar

0

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori T.Teshabayevning 2025-yil 5-dekabrdagi 1228 x/b-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Abduraxmanova boshchiligidagi komissiya a’zolari joriy yilning 22-dekabr kuni doktorantlarning 2025-yillik ish rejasi bajarilishi monitoringini o‘tkazdi. Monitoring jarayonida Yakka tartibdagi ish rejasidan ortda qolayotgan izlanuvchilarga tegishli tartibda chora ko’rildi.

Turizm fakultetida professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy faolligini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘tkazildi.

0

Turizm fakultetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tizimli rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning xalqaro akademik maydondagi faolligini oshirish maqsadida navbatdagi seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mazkur seminarlar ilmiy salohiyatni mustahkamlash, xalqaro nashrlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi.

Seminar-treninglarda Xayrilla Qurbonov hamda Samariddin Mahmudov ma’ruzachi sifatida ishtirok etib, xalqaro ilmiy jurnallar talablariga muvofiq ilmiy maqola tayyorlashning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlarini batafsil yoritib berdilar. Ma’ruzalar davomida zamonaviy ilmiy tadqiqot metodologiyasi, nufuzli ilmiy bazalarda maqola chop etish jarayonlari hamda baholash mezonlari chuqur ilmiy tahlil asosida muhokama qilindi.

Seminar-treningning asosiy yo‘nalishlari doirasida Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalarining ilmiy ekotizimdagi o‘rni, ularning indekslari, baholash mexanizmlari hamda jurnal tanlashda e’tiborga olinadigan muhim mezonlar atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, ilmiy maqolalarni xalqaro standartlar asosida tayyorlashda keng qo‘llaniladigan IMRAD strukturasi, tadqiqot muammosini aniqlash, ilmiy bo‘shliqni asoslash hamda metodologik yondashuvning yangiligi va amaliy ahamiyatini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Impact Factor, CiteScore, SJR va SNIP kabi ilmiy-metrik ko‘rsatkichlarning mazmuni, ularning jurnal nufuzini aniqlashdagi o‘rni, shuningdek Q1–Q4 kvartillar asosida ilmiy nashrlar sifatini baholash mexanizmlari ilmiy asosda izohlandi. Ilmiy etika va akademik halollik masalalari doirasida plagiatning oldini olish, mualliflik huquqi, DOI identifikatsiyasi hamda adabiyotlar ro‘yxatini xalqaro formatlar asosida rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminar jarayonida Turizm (Hospitality & Leisure Management) yo‘nalishining xalqaro reyting tizimlaridagi o‘ziga xos xususiyatlari ham muhokama qilinib, mazkur sohada ilmiy nashrlardan tashqari akademik reputatsiya va ish beruvchilar bilan hamkorlikning strategik ahamiyati ilmiy dalillar asosida asoslab berildi.

Seminar-trening yakunida ishtirokchilar xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish bo‘yicha aniq yo‘l xaritaga ega bo‘ldilar, ilmiy maqolalar sifati va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlar bilan tanishdilar hamda Turizm fakultetining xalqaro akademik maydondagi raqobatbardoshligini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy strategiyalarni o‘zlashtirdilar.

Mazkur seminar-trening mashg‘ulotlari zamonaviy taqdimot materiallari va xalqaro ilmiy standartlar asosida olib borilib, Turizm fakultetida ilmiy muhitni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy tadqiqotlarning amaliy ahamiyatini oshirish yo‘lidagi muhim akademik platforma bo‘lib xizmat qildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2025 yilda olib borilgan ilmiy innovatsion faoliyat natijalari sarhisob qilindi hamda 2026 yildagi istiqbolli rejalar belgilab olindi

0

2025-yil 29-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Kengashning 5-son majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis kun tartibiga muvofiq, universitetda 2025 yilda olib borilgan ilmiy innovatsion faoliyat natijalari hamda 2026 yildagi istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G. Abduraxmanova ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyati natijalari, doktorantlar faoliyati monitoringi, 2025 yilda tashkil etilgan konferensiyalar va Scopus bazasidagi jurnallarda chop etilgan maqolalar, ilmiy kengashlarda amalga oshirilgan himoyalar, universitetni xalqaro reytinglarda ishtiroki, amalga oshirilayotgan loyihalar, xorijiy investitsiyalar, grant va ta’lim eksporti sohasidagi yutuqlar, iqtidorli talabalari tomonidan 2025 yilda erishilgan yutuqlar hamda startup loyihalar to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

Shuningdek, ilmiy innovatsion faoliyatda 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Majlis yakunida Universitetda 2025-yilda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar samaradorligi hamda tijoratlashtirish natijalarini baholash bo‘yicha nominatsiyalar g‘oliblari taqdirlandi.

TDIUda xorijiy investitsiya sifatida Germaniyadan keltirilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

0

Universitetga Turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi tomonidan xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘larni jalb etish maqsadida Germaniyadan turizm va mehmonxona biznesi sohasiga oid 90 ta nomdagi  ingliz tilida chop etilgan o‘quv adabiyotlar keltirildi. Keltirilgan o‘quv adabiyotlar turizm va mehmonxona biznesiga oid yetuk xorijiy olimlar tomonidan  zamonaviy xalqaro turizm bozorining rivojlanish tendensiyalarini, xorijiy davlatlarning turizm sohasidagi  tajribalarini hisobga olgan holda yaratilgan.


Ushbu olib kelingan o‘quv adabiyotlarni sotib olish, O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Germaniya Federativ Respublikasi hukumati mablag‘lari hisobidan (GIZ)  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati orqali moliyalashtirilgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 5-sonli Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

0

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori G.Abduraxmanova raisligida kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va mas’ullar ishtirokida Universitet kafedralari tomonidan 2025/2026 o‘quv yilida kafedralar ilmiy salohiyatini 70 foizga yetkazish, xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari jalb etilishi holati, tayanch doktorant, doktorant va stajor tadqiqotchilarni yillik monitoring natijalari  to‘g‘risida, kafedralar kesimida ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish holati to‘g‘risida, Scopus va Web of Science ma’lumotlar bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish rejasi bajarilishi kabi masalalar atroflicha muhokama qilinib, 2026-yilda ilmiy-innovatsion faoliyatni rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tildi.

Ilmiy-uslubiy kengashda Universitet kafedralari tomonidan xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari jalb etilishi holatiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Yuqori natija qayd etgan kafedralar alohida qayd etilib, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan kafedralarga esa ogohlantirish berildi. 2025/2026 o‘quv yilida kafedralar ilmiy salohiyatini 70 foizga yetkazish bo’yicha salohiyati past kafedralarga alohida topshiriqlar berildi. Kengashda tayanch doktorant, doktorant va stajor tadqiqotchilarni yillik monitoring natijalariga ham to’xtalib o’tildi. Kafedralarda ilmiy-innovatsion faoliyatda yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, tegishli ma’sullarga topshiriqlar berildi.

📢 1-AVGUSTDAN STIPENDIYALAR OSHIRILADI!

0

🎓 Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchilar uchun muhim yangilik!
2025-yil 1-avgustdan boshlab stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant (PhD) va doktorant (DSc)larning stipendiyalari yangi miqdorlarda belgilandi.

💡 STAJYOR-TADQIQOTCHILIKDA tahsil olayotganlarga
🔹 Stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshiga teng miqdorda stipendiya:
💸 6 047 580 so‘m

💡 TAYANCH DOKTORANTURA (PhD)da tahsil olayotganlarga
🔹 Ilmiy unvonsiz kichik ilmiy xodim lavozim maoshiga teng stipendiya:
💸 6 831 478 so‘m

💡 DOKTORANTURA (DSc)da tahsil olayotganlarga
🔹 Fan nomzodi yoki PhD darajasiga ega yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshiga teng stipendiya:
💸 8 728 335 so‘m

📑 Ushbu miqdorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga asosan belgilangan.

📚 Ilm bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchilarga rag‘bat — bu yurt kelajagiga sarmoya! Shunday ekan, barcha izlanuvchilarimizning tadqiqotlarida mas’uliyat , yangilikka intilishi va halol mehnati juda muhimdir! Zero, O‘zbekiston kelajagi – ilmli va fidoyi yoshlar qo‘lida!

🔁 Postni ulashing, ilm fidoyilarini quvontiring!

stipendiya2025 #doktorantura #stajyortadqiqotchi #ilmiyizlanish #ilmfan #yangilik