TDIUda yilning eng yirik anjumani bo‘lib o‘tdi

658

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida vazirliklar, idoralar va xalqaro ekspertlik markazlari, iqtisodchi olimlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investision faollik va innovasion rivojlanish istiqbollari” mavzusida an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o’tdi.

Ushbu konferensiyada tarixan qisqa davrni o‘z ichiga qamrab olgan mazkur strategik dasturning har bir sohada erishilgan yutuqlari sarhisobi va istiqboldagi vazifalar muhokamasi qilindi. Harakatlar strategiyasi doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro konferensiya xalqaro va mahalliy ekspertlar tajribalarini almashish maydoni sifatida ham xizmat qilmoqda.

Konferensiya 27 may kuni shoʻbalar kesimida davom ettirilib, unda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan islohotlarning natijalari sarhisobi va istiqbolli yo‘nalishlardagi islohotlarning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.