ZAMONAVIY IQTISODIYOT FANI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETIDA.

266

Universitetimiz joriy yilning 28-29-30-sentyabr kunlari Ekonometrika va Biznes Tahlil bo‘yicha 3-xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda (3rd International Conference on Econometrics and Business Analytics – iCEBA).

Ushbu konferensiyaning tashkilotchilari orasida Kembridj, Imperial Kollej, Janubiy Kaliforniya, Karnigi-Mellon, Kaliforniya-Berkli, Sydney kabi universitet olimlari va Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim va ilmiy tashkilot vakillari ishtirok etmoqdalar.

Ushbu konferensiyada zamonaviy iqtisodiyot fani masalalari muhokama qilinadi. Qabul qilingan ilmiy maqolalar Scopus va Web of Science bazasiga kirgan nufuzli jurnallarda chop etilishi rejalashtirilgan.

Barcha profesoor-o‘qituvchilar va izlanuvchilarni ushbu konferentsiyada faol ishtirok etishlarini so‘raymiz.

Konferentsiya haqida to‘liq ma’lumot:
https://ceba-lab.org/conference23