Yangi uyg‘onish davri kitob va kutubxonadan boshlanadi

3408

Tarix haqiqati shuki, jamiyat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘taradigan, rivojlanishga asos bo‘ladigan har qanday innovasiya, yangi g‘oya va tashabbus o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Evrilishlarga kitob doyalik qilgan bo‘lsa, kutubxonalar ularning beshigini tebratgan. Zotan ma’rifat sarchashmalarisiz olamu odamning mazmun va mohiyatga tashnaligini qondirish imkonsizdir…

Shu ma’noda, “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” bosh tamoyili asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘ygan mamlakatimizda xalqimizning mutolaa madaniyatini oshirishga, kitoblar nashr etish va tarqatish sohasini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor karatilayotgani bejiz emas.

Zotan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek, jahon tarixi shundan dalolat beradiki, har qanday yangi sivilizasiya, yangi uyg‘onish davri kitob va kutubxonadan boshlanadi.