Global muammolarning hal etishda ta’limning o‘rni va ahamiyatini hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Ayniqsa, yosh avlodni katta hayotga uchirma qilishda kamolotning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan oliy ta’limga ehtiyoj nihoyatda katta.
Shu sababli davlatimiz rahbari bu sohani isloh qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Natijada o‘quv jarayonlariga ilg‘or pedagogik texnalogiyalar, zamonaviy o‘quv dasturlari tatbiq etilayotir. Mahorat darslari, malaka oshirish kurslariga xorijdan tajribali o‘qituvchilar va olimlar jalb qilinayapti.