Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranturaga (PhD) tanlov eʼlon qiladi

1378

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli qaroriga asosan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan grant ajratish orqali tayanch doktoranturaga (PhD) tanlov eʼlon qiladi.

Talabgorlarni o‘qitish shartnoma asosda tashkil etilib, ularga belgilangan tartibda har oylik stipendiya to‘lanadi.

Talabgorlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  • uch yil ichida PhD ilmiy darajasini olish;
  • o‘qish muddati tugaganidan so‘ng kamida 5 (besh) yil uzluksiz ravishda universitetda asosiy shtatda ilmiy-pedagogik faoliyat yuritish (universitetga ishlab berish).

Talabgor uch yillik o‘qish muddati ichida PhD ilmiy darajasini olmagan taqdirda unga universitet tomonidan sarflangan barcha harajatlarni to‘liq miqdorda universitetga qaytarib berish majburiyatini oladi. 

Tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar ariza, qisqacha biografik maʼlumotnoma, mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun), oliy taʼlim muassasasi magistratura diplomi va uning ilovalari, nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4 shakl), shuningdek ularning nusxalari, ilmiy maslahatchining rozilik xati, tavsiyanoma hamda ilmiy ishning mufassal rejasi (asosnoma) bilan murojaat qiladilar.

Maʼlumotlar talabgor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining http://phd.mininnovation.uz/ veb-saytiga 2022 yil mustaqil izlanuvchi (PhD) sifatida joylashtiriladi va asl nusxalari Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limida qabul qilib olinadi. Imtihon jarayonida talabgorlar og‘zaki suhbatdan o‘tadilar. Imtihonlardan o‘tgan talabgorlar universitet kengashining qaroriga asosan rektor buyrug‘i bilan 1-martdan o‘qishni boshlaydilar. 

Hujjatlar 2022-yil 25-yanvardan 15-fevralgacha bo‘lgan davrda qabul qilinadi.
            
Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limiga murojaat etish  mumkin.

Tel.: 71-239-01-43, Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy, Universitet 3.0 Markazi, 2-qavat.