Innovatorlarning navbatdagi davra suhbati mehmoni – Akira Ueda (Yaponiya)

348

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan O’zbek-yapon yoshlar innovatsiya markazi (UJICY) bilan hamkorlikda 2022-yil 8-sentabr kuni navbatdagi innovatorlar davra suhbati o’tkaziladi.

Seminarda Yaponiyaning Tokyo universiteti (QS WUR top-23) professori Akira Ueda geografik axborot tizimi, mintaqaviy iqtisodiyot hamda iqtisodiy geografiya bo‘yicha olib borilayotgan eng so’nggi ilmiy yangiliklar muhokama qilinib, ikki mamlakat izlanuvchilari o’zaro fikr almashish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Akira UEDA – Researcher, Inter-disciplinary Studies Center, Institute of Developing Economies – Japan

Manzil: TDIU Madaniyat saroyi, 3-qavat.
Vaqti: 8-sentyabr, 15:00