Malakaviy imtihonlarga hujjatlar qabuli boshlandi

← Barcha yangiliklar  ·  Yangilik

04.10.2026 · Yangilik  ·  👁 31 ko'rishlar

Malakaviy imtihonlarga hujjatlar qabuli boshlandi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida malakaviy imtihonlarni topshirish istagida bo‘lgan tadqiqotchilar uchun hujjatlar qabuli boshlandi.

Hujjatlar 2026-yil 5-oktabrdan 30-oktabrgacha quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul qilinadi:

  • 08.00.01 — Iqtisodiyot nazariyasi
  • 08.00.02 — Makroiqtisodiyot
  • 08.00.03 — Sanoat iqtisodiyoti
  • 08.00.06 — Ekonometrika va statistika
  • 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit
  • 08.00.08 — Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
  • 08.00.11 — Marketing
  • 08.00.12 — Mintaqaviy iqtisodiyot
  • 08.00.13 — Menejment
  • 08.00.15 — Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti
  • 08.00.16 — Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
  • 08.00.17 — Turizm va mehmonxona faoliyati

Topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar

  1. Ariza va yo‘llanma xati — boshqa tashkilotlardan murojaat qilayotgan tadqiqotchilar o‘z tashkiloti tomonidan rasmiylashtirilgan yo‘llanma xati bilan birga ariza taqdim etishlari lozim.
  2. Obyektiv ma’lumotnoma — talabgorning shaxsiy ma’lumotlari hamda mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjat.
  3. Pasport yoki ID-karta nusxasi.
  4. Maxsus jadval — malakaviy imtihonda qatnashish uchun belgilangan shakldagi jadval to‘ldirilgan holda taqdim etiladi. ( Ko'rish )

Malakaviy imtihonda qatnashish uchun to‘lov

Boshqa tashkilotlardan kelayotgan tadqiqotchilar uchun malakaviy imtihonda qatnashish to‘lovi 440 000 so‘m etib belgilangan.

To‘lov uchun hisob raqami:
4001 1086 0262 9470 9410 0350 002

To‘lovni bank orqali yoki mobil ilovalar yordamida amalga oshirish mumkin.

Payme orqali to‘lash tartibi:

  • “Davlat xizmatlari va YHXBB jarimalari” bo‘limiga kirish;
  • “Оплата в бюджет” bo‘limini tanlash;
  • tegishli hisob raqamiga to‘lovni amalga oshirish.

Muhim: to‘lov maqsadida tadqiqotchining familiyasi hamda topshiriladigan ixtisoslik imtihoni nomi ko‘rsatilishi lozim.

📌 Hujjatlarni qabul qilishning so‘nggi muddati — 2026-yil 30-oktabr.

Malakaviy imtihonlar bo‘yicha yangiliklar va qo‘shimcha ma’lumotlarni ilmiytdiu.uz sayti hamda @tdiu_ilmiy Telegram kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Barcha talabgorlarga malakaviy imtihonlarda muvaffaqiyat tilaymiz.

D
TDIU — Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti
Oldingi sahifa“Anti-Illicit Trade Empty Pack Survey” loyihasi bo’yicha HISOBOT