Innovatsion rivojlanish vazirligida Scopus ma’lumotlar bazasidagi eng yuqori Xirsh indeksiga ega yosh olimlarni mukofotlash marosimi o‘tkazildi

← Barcha yangiliklar  ·  Yangilik

05.03.2021 · Yangilik  ·  👁 4 ko'rishlar

Mazkur tantanali tadbir doirasida, yosh olima ayollar Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan sertifikat va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Oliy ta’lim muassasalaridagi ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha ayol prorektorlariga ham bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bundan tashqari, yosh iqtidor egalariga Yoshlar akademiyasining a’zolik sertifikatlari berildi.

Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Gulnora Abdurahmonova ham ishtirok etib, vazirlik tomonidan yurtimizda ilm-fan va innovatsiyalar sohasida olib borilayotgan tub islohtlardagi faol ishtiroki hamda yosh avlod tarbiyasidagi tashabbuslari uchun taqdirlandi.

Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Gulnora Abdurahmonova
D
TDIU — Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti
Oldingi sahifa“Ulug‘bek” jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi
Keyingi sahifaBugun doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning an’anaviy ilmiy-uslubiy seminari o'tkazildi