TDIUda yilning eng yirik anjumani bo‘lib o‘tdi

← Barcha yangiliklar  ·  Yangilik

26.05.2021 · Yangilik  ·  👁 3 ko'rishlar

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida vazirliklar, idoralar va xalqaro ekspertlik markazlari, iqtisodchi olimlar ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investision faollik va innovasion rivojlanish istiqbollari” mavzusida an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo‘lib o'tdi.

Ushbu konferensiyada tarixan qisqa davrni o‘z ichiga qamrab olgan mazkur strategik dasturning har bir sohada erishilgan yutuqlari sarhisobi va istiqboldagi vazifalar muhokamasi qilindi. Harakatlar strategiyasi doirasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro konferensiya xalqaro va mahalliy ekspertlar tajribalarini almashish maydoni sifatida ham xizmat qilmoqda.

Konferensiya 27 may kuni shoʻbalar kesimida davom ettirilib, unda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan islohotlarning natijalari sarhisobi va istiqbolli yo‘nalishlardagi islohotlarning dolzarb masalalari muhokama qilinadi.

D
TDIU — Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti
Oldingi sahifaToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Times Higher Education reytingiga kirdi
Keyingi sahifaVisit of representatives of IOWA State University to Tashkent State University of Economics