⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

← Barcha yangiliklar  ·  Yangilik

24.01.2024 · Yangilik  ·  👁 4 ko'rishlar

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori (https://lex.uz/docs/-3213410) talablariga muvofiq 2024-yil 2-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik — falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli.

Ma’lumot uchun, hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilinadi.

D
TDIU — Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti
Oldingi sahifaOn October 19-20, 2023, Tashkent State University of Economics will host an international conference on Development Strategy Forum: Global and National Economic Trends
Keyingi sahifa⚡️Attention applicants who want to apply for independent research!