TDIUda xorijiy investitsiya sifatida Germaniyadan keltirilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

← Barcha yangiliklar  ·  Yangilik

25.12.2025 · Yangilik  ·  👁 19 ko'rishlar

Universitetga Turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi tomonidan xorijiy investitsiyalar, grant va beg‘araz ko‘mak mablag‘larni jalb etish maqsadida Germaniyadan turizm va mehmonxona biznesi sohasiga oid 90 ta nomdagi  ingliz tilida chop etilgan o‘quv adabiyotlar keltirildi. Keltirilgan o‘quv adabiyotlar turizm va mehmonxona biznesiga oid yetuk xorijiy olimlar tomonidan  zamonaviy xalqaro turizm bozorining rivojlanish tendensiyalarini, xorijiy davlatlarning turizm sohasidagi  tajribalarini hisobga olgan holda yaratilgan.


Ushbu olib kelingan o‘quv adabiyotlarni sotib olish, O‘zbekistonga olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Germaniya Federativ Respublikasi hukumati mablag‘lari hisobidan (GIZ)  Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati orqali moliyalashtirilgan.

D
TDIU — Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti
Oldingi sahifaToshkent davlat iqtisodiyot universitetida 5-sonli Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Keyingi sahifaToshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2025 yilda olib borilgan ilmiy innovatsion faoliyat natijalari sarhisob qilindi hamda 2026 yildagi istiqbolli rejalar belgilab olindi