01.04.2022 · Tanlov · 👁 6 ko'rishlar

Klubga aʼzo qizlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
🔹Universitetning kadrlar zahirasiga kiritish
🔹Ilmiy-tadqiqot loyihalarga jalb qilish
🔹Ish faoliyati natijasiga koʻra bir martalik ragʻbatlantirish
👩💼👩🎓Iqtidorli lider qizlar klubiga talaba, magistr va doktorantlar qabul qilinadi.
✔️Klubga aʼzolik quyidagi mezonlar asosda amalga oshiriladi:
- bilim darajasi
- fikrlash tezligi, hozirjavobligi, ziyrakligi
- intizomi, stresslarga chidamliligi
- tashabbuskorligi va samimiyligi
Iqtidorli lider qizlar klubiga quyidagi havola orqali 3-aprelga qadar roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.





