📢 1-AVGUSTDAN STIPENDIYALAR OSHIRILADI!

← Barcha yangiliklar  ·  Yangilik

29.07.2025 · Yangilik  ·  👁 21 ko'rishlar

📢 1-AVGUSTDAN STIPENDIYALAR OSHIRILADI!

🎓 Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchilar uchun muhim yangilik!
2025-yil 1-avgustdan boshlab stajyor-tadqiqotchi, tayanch doktorant (PhD) va doktorant (DSc)larning stipendiyalari yangi miqdorlarda belgilandi.

💡 STAJYOR-TADQIQOTCHILIKDA tahsil olayotganlarga
🔹 Stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshiga teng miqdorda stipendiya:
💸 6 047 580 so‘m

💡 TAYANCH DOKTORANTURA (PhD)da tahsil olayotganlarga
🔹 Ilmiy unvonsiz kichik ilmiy xodim lavozim maoshiga teng stipendiya:
💸 6 831 478 so‘m

💡 DOKTORANTURA (DSc)da tahsil olayotganlarga
🔹 Fan nomzodi yoki PhD darajasiga ega yetakchi ilmiy xodim lavozim maoshiga teng stipendiya:
💸 8 728 335 so‘m

📑 Ushbu miqdorlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga asosan belgilangan.

📚 Ilm bilan shug‘ullanayotgan izlanuvchilarga rag‘bat — bu yurt kelajagiga sarmoya! Shunday ekan, barcha izlanuvchilarimizning tadqiqotlarida mas'uliyat , yangilikka intilishi va halol mehnati juda muhimdir! Zero, O‘zbekiston kelajagi – ilmli va fidoyi yoshlar qo‘lida!

🔁 Postni ulashing, ilm fidoyilarini quvontiring!

stipendiya2025 #doktorantura #stajyortadqiqotchi #ilmiyizlanish #ilmfan #yangilik

D
TDIU — Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar departamenti
Oldingi sahifa“Ta’limda menejment” imtihon natijalari
Keyingi sahifaToshkent davlat iqtisodiyot universitetida 5-sonli Ilmiy-uslubiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi