Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “O’zbek-Yapon yoshlar innovatsiya markazi” joriy yil 8-sentyabr kuni navbatdagi innovatorlar davra suhbatini o’tkazdi.
Seminarda Yaponiyaning Tokyo universiteti (QS WUR top-23) professori Akira UEDA o’zining ilmiy tadqiqotlari va chop etgan ilmiy maqolalari bilan o’rtoqlashdi. Jumladan, olim tomonidan geografik axborot tizimining (GIS) iqtisodiy tadqiqotlardagi o’rni, Markaziy Osiyoshunoslik, Markaziy Osiyo xalqlarining Rossiya mustamlakachilik davridagi xo’jalik tizimini tarixiy manbalar hamda fazoviy tahlillar bilan birgalikda o’rganish davomida olingan ilmiy natijalari TDIU doktorantlari va iqtidorli talabalarida katta qiziqish uyg’otdi.
Innovatorlar davra suhbati rukni ostida tashkil etilayotgan seminarlar o’zaro fikr almashish, bilimlar transferi va keng muhokama maydoniga aylanib, millatlarning o’zaro hamkorlik aloqalariga ijobiy hissa qo’shishiga umid qilamiz.