Joriy yilning 24-26-aprel kunlari “Innorom-2023” “Markaziy Osiyodagi xalqaro sanoat loyihalari: yangi muammolar fonida raqobatdosh ustunliklar” mavzusiga bag’ishlangan innovatsion ko’rgazma tashkil etildi.

584

Mana uch yildirki an’anaviy tarzda Markaziy Osiyoda savdo-sanoat hamkorligining muhim tadbiri – “Innoprom” haftaligi o’tkazilib kelinmoqda. Tadbir ilk bor 2021-yilda Toshkentda tashkil etilgan bo‘lib, ikki yil ichida mintaqalararo hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun samarali platforma sifatida namoyon bo‘ldi. Bunda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun sarmoyaviy, sanoat va savdo-iqtisodiy hamkorlikning o‘sishiga yangi muhit yaratish maqsadida mintaqalar va mamlakatlar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish orqali manfaatli loyihalarni taqdim etiladi. O‘tgan yillar davomida tadbirlar doirasida va tadbirkorlar o‘rtasida o‘tkazilgan 500 ta uchrashuv yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 7 milliard dollarga yaqin 600 dan ortiq kelishuvga erishildi.

Joriy yilning 24-26-aprel kunlari “Innorom-2023” “Markaziy Osiyodagi xalqaro sanoat loyihalari: yangi muammolar fonida raqobatdosh ustunliklar” mavzusiga bag’ishlangan innovatsion ko’rgazma tashkil etildi.

Tadbirga qatnashish maqsadida O’rta Osiyo davlatlari, Rossiya, Belarusiya, Turkiya kabi 24 davlatlardan 10 mingdan ortiq ishtirokchi, 240 nafar xorijiy kompaniya va rasmiy delegatsiyalar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirligi (Минпромторг Росии) vakillari, yirik firma rahbarlari, kichik biznes vakillari ishtirok etdilar. Taqdimotlar 12ming kv.m maydonga ega “O’zekspomarkaz”da o’tkazildi. Ushbu ko’rgazmada ishbilarmonlik dasturi doirasida yangi texnologiyalarni joriy etish, mintaqaviy sanoat siyosatini muvofiqlashtirish va amalga oshirish, sanoatni rivojlantirishni rag‘batlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tajribalarini almashish, sanoatni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun sessiyalar rejalashtirilgan.

Xalqaro ko‘rgazma doirasida O‘zbekistonning turli tarmoqlarining sarmoyaviy va sanoat salohiyati taqdimotlari, sanoat ishlab chiqarishi va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikning asosiy masalalarini qamrab oluvchi o‘quv sessiyalari va boshqa tadbirlar, shuningdek, B2B, B2G aloqalar almashinuvi tashkil etildi.

Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining professor-o’qituvchilari, tayanch doktorantlari, magistratura hamda bakalavr talabalari yirik ishlab chiqaruvchilarning innovatsion sanoat ishlanmalari va mahsulotlari, qator milliy, hududiy va korporativ stendlar namoyish etilgan ko‘rgazmada ishtirok etdilar. Hususan, “RDW Computers”, “ГИСП” (sanoatning davlat axborot tizimi) bo’lib, hokimiyat va sanoat sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlikning shaffofligi va samaradorligini oshirsihga hizmat qiladi), “АСКОН” (muhandislik dasturiy ta’minot, dizayn, ishlab chiqarish va biznes uchun mo’ljallangan), “Пневмаш” (Rossiyada va xorijda qayta ishlash va tog’-kon uskunalari bozorida yetakchi tashkilot), “Avtopribor” (avtomobil qismlarini sihab chiqarishga ixtisoslashgan), “Мотордеталь кострома” (porshn ishlab chiqaruvchi yirik korxona), “3D LAM”  (SLM texnologiyasi asosida titan va boshqa metallar bilan sanoatning 3D shaklida bosib chiqarish uchun hizmat qiladi), “F+ tech” kompaniyasi (server va tarmoq uskunalari bir qator serverlar, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va kalitlarni ishlab chiqaruvchisi), “Исток аудио” (nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning zamonaviy texnik vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jahonda yuqori o’rindagi jamiyat) kabi Rossiyaning yetakchi korxonalarining ish faoliyati haqida tasavvurga ega bo’ldilar.

 Belorusiyaning “Автокомпоненты” xoldingi (avtomovil, qishloq xo’jaligi, va yo’l texnikalari agregatlari va butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchi korxona), “БЕЛАЗ-Холдинг” (konchilik va qurilish sanoati uchun yuk mashinalari va transport uskunalarini ishlab chiqaruvchi dunyodagi eng yirik kompaniya), “СтанкоГомель” OAJ (BYVER, SGV, BYHOR va SGH turdagi zamonaviy vertikal va gorizontal ishlov berish markazlarining keng assortimentini ishlab chiqarishni o’zlashtirgan korxona) kabi korxonalar bilan fikr va tajriba almashinildi.

Mamlakarimizning O’zeltexsanoat – Elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi, Farmasevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi, “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zavtosanoat” AJ kabi yirik jamiyatlarning faoliyati bilan tanishdilar.

Uchrashuv chog‘ida sanoat kooperatsiyasi va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi va o‘zaro aloqalar yo‘nalishlari belgilab olindi, hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq taklif va tashabbuslar bildirildi. Tadbir yakunida shahar muhiti, ishlab chiqarish sohasida hamkorlik mexanizmlarini yaratish, raqamlashtirish va avtomatlashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish, shuningdek, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirishga oid innovativ-korporativ hamkorlik shartnomalarini imzolashga kelishib olindi.